KOMPYUTER YORDAMIDA LOYIHALASH (CAD, CAM, CAE) TEXNOLOGIYALARINING TRANSPORT VOSITALARINI LOYIHALASHDAGI AHAMIYATI
Keywords:
CAD, CAM, CAE, transport vositalari dizayni, raqamli prototiplash, muhandislik tahlili, sun‘iy intellekt, avtomobilsozlik samaradorligi.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy avtomobilsozlik va transport sanoatida kompyuter yordamida loyihalash (CAD), muhandislik tahlili (CAE) va ishlab chiqarishni boshqarish (CAM) tizimlarining tutgan o‗rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda transport vositalarini loyihalash siklini qisqartirishda raqamli prototiplash va virtual modellashtirish texnologiyalarining samaradorligi ko‗rsatib o‗tilgan. Shuningdek, sanoatda sun‘iy intellekt (AI) integratsiyasining muhandislik dizaynidagi ahamiyati va iqtisodiy samaradorlik masalalari yoritilgan. Maqola natijalari transport vositalarini ishlab chiqishda xarajatlarni kamaytirish va sifatni oshirish bo‗yicha ilmiy xulosalar beradi.


