BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA INTELLEKTUALLASHTIRILGAN O'QITISH TIZIMLARINI LOYIHALASHTIRISH METODIKASI
Keywords:
intellektuallashtirilgan o'qitish tizimi; axborot-qidiruv tizimi; verifikatsiya; integrallashgan dasturlar; pedagogik innovatsiya; mustaqil mutolaa; faoliyat natijalarini baholash.Abstract
Maqolada bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarini raqamli texnologiyalar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy-metodik ta'minotini takomillashtirishga oid intellektuallashtirilgan o'qitish tizimlarini ishlab chiqish metodikasi yoritilgan. Tadqiqot natijasida intellektuallashtirilgan o'qitish tizimining yetti tarkibiy qismi umumpedagogik yondashuv, axborot-qidiruv tizimi, ma'ruza mashg'ulotlari, amaliy-laboratoriya mashg'ulotlari, mustaqil mutolaaga oid mashg'ulotlar, innovatsion faoliyatga oid mashg'ulotlar va faoliyat natijalarini baholash algoritmik ketma-ketlikda ishlab chiqilib, har birining tuzilmaviy ko'rinishi va tayanch tushunchalari (axborot izlash, generalizatsiyalash, adaptatsiya, verifikatsiya, integrativ funksiya, pedagogik innovatsiya) ilmiy jihatdan ta'riflangan.


