AHOLI HARAKATCHANIGIGA TA’SIR ETUVCHI PARAMETRLARNING O‘ZGARISH QONUNIYATLARI VA ULARNING SINOV TADQIQOTI
Keywords:
Aholi harakatchanligi, ko‘cha-yo‘l tarmog‘i, transport talabi va taklifi, to‘rt bosqichli model, jamoat transporti, avtomobilga qaramlik, mobil qurilmalar orqali ma’lumot yig‘ish, so‘rovnoma usuli, transport turini tanlash, shahar transport rejalashtirish.Abstract
Ushbu tadqiqotda aholi harakatchanligiga ta’sir etuvchi parametrlarning o‘zgarish qonuniyatlari va ularni sinov tadqiqoti orqali baholash masalalari yoritilgan. Aholi harakatchanligi shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘i bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning shakllanishi, taqsimlanishi va transport turini tanlash jarayonlari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda harakatchanlikning sodda va o‘rta murakkablikdagi turlari, ularning shahar transport tizimiga yuklamasi hamda to‘rt bosqichli model asosida harakatni rejalashtirish qonuniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, avtomobilga qaramlik indeksi va jamoat transportining ahamiyati tahlil qilingan. Ma’lumot yig‘ishning innovatsion (mobil ilovalar), an’anaviy (so‘rovnoma) va kuzatuv usullari qiyosiy baholangan. Tadqiqot natijalari shahar transport tizimini rejalashtirishda aholi harakatchanligini boshqarish va transport taklifini optimallashtirish zarurligini ko‘rsatadi.


